Bosh sahifa
MB kurslari27.11.2026
USD12 002,10+14,21EUR13 166,30+51,55RUB146,02+0,61
so‘m / 1
Tahlil

Raqam: 2026-yilda Formula-1 homiyligi qancha turadi

Brendlarga bunday sarmoyalar oʻzini oqlashini isbotlash tobora qiyinlashmoqda

19-noyabr, 10:14По-русски

Read in English

businessinsider.com

Ampere Analysis prognoziga koʻra, Formula-1 homiyligiga sarflanadigan mablagʻ bir yil ichida 15 foizga oshadi. Chempionatda hozirning oʻzida 400 dan ortiq hamkor bor, bitta kelishuvning oʻrtacha qiymati esa 8,1 mln dollarga yetadi — bu NBA va NFLdagi kelishuvlarning oʻrtacha qiymatidan deyarli toʻrt baravar koʻp.

Yuqori raqobat brendlarga homiylikdan olinadigan samarani baholashni qiyinlashtirmoqda. Sport marketingi boʻyicha maslahatchi Tim Krouning taʼkidlashicha, chempionatning katta global auditoriyasiga qaramay, tomoshabinlar koʻpincha Formula-1’ning koʻzga koʻringan marketing faolliklarini eslay olmaydi. AQShda translyatsiyalarning Nielsenʼning tashqi reyting tizimiga kirmaydigan Apple TV platformasiga oʻtishi reklama qiymatini baholashni yanada murakkablashtirmoqda.

Shu bilan birga, Formula-1 2025-yilda uning global auditoriyasi 827 mln kishiga yetganini maʼlum qildi. Netflix yoshroq va ayol tomoshabinlarni jalb qilishga yordam berdi, uzoq davom etadigan xalqaro taqvim esa brendlarga yil davomida auditoriya bilan ishlash imkonini beradi. Soha vakillarining fikricha, eng yaxshi natijalarga oʻz texnologiyalari bilan trassadagi muvaffaqiyatlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrsata olgan kompaniyalar erishadi. Tadqiqot, shuningdek, homiylik shartnomalarining uzaytirilishini jamoa natijalari bilan, hamkorlar roʻyxatining kattaligini esa ayrim brendlarning ketish ehtimoli yuqoriligi bilan bogʻlaydi.