Londonda Oʻzbekiston va Qozogʻistonning Eurasia Growth Hub qoʻshma xabi ishga tushirildi
IT Park Uzbekistan va Astana Hub Londonda Eurasia Growth Hubʼni rasman ishga tushirdi. Tadbirda 12 ta startap Britaniya investorlari va hamkorlariga yechimlarini taqdim etdi.

Marosimda Oʻzbekiston va Qozogʻistondan 12 ta startap oʻz texnologik yechimlarini Britaniya auditoriyasiga taqdim etdi. Qoʻshma xab ikki mamlakat startaplariga investorlar, potensial hamkorlar va mijozlar bilan aloqa oʻrnatish, shuningdek, xalqaro bozorlarga chiqishga yordam berishi kerak.
Tadbirda venchur fondlari, biznes farishtalari, texnologik kompaniyalar va xalqaro startap ekotizimlari vakillaridan iborat 250 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Unda Buyuk Britaniyada yashaydigan Oʻzbekiston va Qozogʻiston texnologiya sohasi vakillari ham ishtirok etdi.
Ishtirokchilar orasida NVIDIA, Startupbootcamp, EBRD VC, Molten Ventures, Innowise, FCDO, Citibank va Sturgeon Capital vakillari bor edi. Tadbirda Oʻzbekiston va Qozogʻistonning Buyuk Britaniyadagi elchilari ham qatnashdi. Xabning ishga tushirilishi ikki mamlakat startap ekotizimlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, Britaniya bozorida ularning investitsiyaviy va biznes aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Yana oʻqing

Anthropic S&P 500 indeksiga kiradimi? Investorlar nimalarni bilishi kerak
Investitsiyalar11:28
Amerika aksiyalari AI, inflyatsiya va tariflar fonida qisman tiklandi
Investitsiyalar09:39
