YI Wildberries asoschisi Tatyana Kimga qarshi sanksiyalar joriy etdi
Jami yangi cheklovlar 145 ta kompaniya va jismoniy shaxsga taalluqli boʻladi

Roʻyxatning oʻzi hali eʼlon qilinmagan. Avvalroq «Radio Svoboda» hujjat loyihasiga tayanib, YI Wildberriesʼni Rossiya armiyasi harbiy va ikki maqsadli tovarlarni olishi mumkin boʻlgan kanal deb hisoblayotgani haqida yozgan edi.
EUobserver maʼlumotiga koʻra, roʻyxat loyihasida Yandeks va Ozonning ham-egasi Aleksandr Chachava, tadbirkor Ruslan Baysarov hamda Federatsiya Kengashi spikeri Sergey Matviyenkoning oʻgʻli ham bor edi.
Odatda YI sanksiyalari Yevropa Ittifoqidagi aktivlarni muzlatishni, jismoniy shaxslar uchun esa bundan tashqari kirishni taqiqlashni anglatadi. Barro, shuningdek, Fransiya Rossiyaga benzin yetkazib berishga cheklovlar kiritilishi mumkin boʻlgan sanksiyalarning 22-paketini qabul qilishga erishishga intilishini aytdi.



