Oʻzbekistonda tezkor toʻlovlar tizimi orqali 7,4 mln operatsiya amalga oshirildi
2026-yil oktabr oyida toʻlovlarning umumiy hajmi 158,4 trln soʻmni tashkil etdi. Byudjetga oʻtkazmalar 19,6 trln soʻmni yoki 12,4 foizni tashkil qildi.
25-noyabr, 17:23По-русски

Shutterstock
Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, tizimdagi 3,1 mln operatsiya byudjetga toʻlovlar bilan bogʻliq boʻlgan. Bunday tranzaksiyalar umumiy operatsiyalar sonining 42,3 foizini tashkil etdi.
Shu bilan birga, toʻlovlarning umumiy summasida byudjetga oʻtkazmalar ulushi ancha past — 12,4 foiz boʻldi. Bu koʻrsatkichlar tizimdan banklararo hisob-kitoblar va mablagʻlarni byudjetga tezkor oʻtkazish uchun foydalanilganini aks ettiradi.



