Bosh sahifa
MB kurslari27.11.2026
USD12 002,10+14,21EUR13 166,30+51,55RUB146,02+0,61
so‘m / 1
Biznes

AQShdagi hayʼat aʼzolari Huaweiʼni tijorat sirlarini oʻgʻirlashda aybdor deb topdi, reket ishi boʻyicha esa oqladi

Amerikalik hayʼat aʼzolari Huaweiʼni tijorat sirini oʻgʻirlash va banklarni aldashda aybdor deb topdi, biroq reketda ayblov boʻyicha oqladi. Kompaniya qonunbuzarliklarni rad etmoqda va chiqarilgan hukmlar ustidan shikoyat qiladi.

25-noyabr, 09:42По-русски

Read in English

ru.euronews.com

Hukm AQShning Nyu-York Sharqiy okrugi boʻyicha federal okrug sudida 11 hafta davom etgan sud jarayonidan soʻng chiqarildi. AQSh rasmiylari Huaweiʼga qarshi ayblovlarni ilk bor 2019-yil yanvarida ilgari surgan, keyinchalik esa ularning roʻyxatini kengaytirgan.

Kompaniya reketga oid modda boʻyicha oqlangani bu ayblovlar uchun haqiqiy asoslar yoʻqligini tasdiqlashini bildirdi. Huawei AQSh hukumatining qolgan daʼvolarini ham asossiz deb hisoblaydi.

Prokuror Meredit Arfa Huawei rahbarlari va top-menejerlari Kongress hamda banklarga yolgʻon gapirganini, AQSh sanksiyalarini buzganini va tergovga aralashishga uringanini taʼkidladi. Kompaniya huquqbuzarliklarga aloqadorligini rad etmoqda.

Advokat Brayan Heberlig ayblov ishoralar, kontekstdan uzib olingan faktlar va hisob-kitob qilishga intilayotgan sobiq xodimlarning koʻrsatmalariga asoslanganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, AQSh oʻgʻirlangan deb hisoblayotgan materiallarning katta qismi allaqachon ochiq foydalanishda boʻlgan. Huawei ayblov hukmlari ustidan shikoyat qilmoqchi.