Bosh sahifa
MB kurslari27.11.2026
USD12 002,10+14,21EUR13 166,30+51,55RUB146,02+0,61
so‘m / 1
Bozorlar

Boʻronlar va dronlar Rossiya nefti eksportini izdan chiqarmoqda

Boʻronlar va ukrainalik dronlar hujumlari Rossiyaning Boltiq va Qora dengizlaridagi portlarida neft yuklashni kechiktirdi. Boltiq dengizida 10 dan ortiq tanker kechikdi.

25-noyabr, 10:45По-русски

Read in English

oilprice.com

Reuters agentligiga treyderlar va jadvaldan xabardor manbalar maʼlum qilishicha, Rossiyaning Boltiq dengizidagi muhim eksport terminallarida noqulay ob-havo 10 dan ortiq tankerni yuklash jadvalini buzdi. Bu yil mavsumga xos odatiy boʻronlarga ukrainalik dronlar hujumlari va yangi zarbalar haqidagi ogohlantirishlar ham qoʻshildi.

Ikki hafta avval dronlar Ust-Lugaga — Rossiyaning Boltiq dengizidagi neft va boshqa tovarlar eksporti boʻyicha eng yirik portiga — hujum qildi. Qora dengizda esa soʻnggi kunlarda boʻronlar Novorossiyskda tankerlarni yuklashni kechiktirdi. U yerda hujumlar haqidagi tez-tez berilayotgan signallar sabab terminal faoliyati allaqachon cheklangan edi. Yangi haftaning boshida ham boʻronli ob-havo operatsiyalarga taʼsir qilishda davom etdi.

Dushanbaga kelib ob-havo yaxshilana boshladi, shu bois Rossiyaning Boltiq dengizidagi neft terminallari ishi yaqin kunlarda tiklanishi mumkin. Biroq kechikishlar Rossiyaning Urals neftini Osiyoga tashish narxini yana oshirishi mumkin: soʻnggi haftalarda portlardan kamroq partiya joʻnatildi, qishda esa Boltiq dengizidan yuk yuborish uchun muz sinfidagi tankerlar kerak boʻladi.