Bosh sahifa
MB kurslari27.11.2026
USD12 002,10+14,21EUR13 166,30+51,55RUB146,02+0,61
so‘m / 1
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston 2030-yilgacha yem ishlab chiqarishni 90 mln tonnagacha oshirmoqchi

Oʻzbekiston hukumati 2027-yilda 64,5 mln tonna, 2030-yilgacha esa 90 mln tonna yem ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Hosildorlikni gektariga 350 sentnerdan 500 sentnergacha oshirish koʻzda tutilgan.

27-noyabr, 13:07По-русски

Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilikning yem-xashak bazasini rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi. Hozir mamlakatda yiliga 48 mln tonna yem ishlab chiqarilmoqda, bu esa soha ehtiyojlarini qoplamaydi. Goʻsht tannarxining 30 foizi yem xarajatlariga toʻgʻri keladi.

Ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun hududlar kesimida yem-xashak balansini tuzish, ekin maydonlari va yem-xashak ekinlari turlarini hisobga olish tizimini toʻliq raqamlashtirish rejalashtirilmoqda. Chorvachilik uchun ajratilgan yerlarning maqsadli ishlatilishi kosmik monitoring yordamida nazorat qilinadi. Shuningdek, takroriy ekishni kengaytirish, yuqori hosilli navlar va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish koʻzda tutilgan.

2030-yilgacha 200 ming gektar yerni qishloq xoʻjaligi aylanmasiga kiritib, ularda yem-xashak ekinlarini yetishtirish rejalashtirilmoqda. Yaylovlar mahsuldorligini oshirish uchun dronlar yordamida 1 mln gektarga urugʻ sepish koʻzda tutilgan. Masʼul shaxslarga loyihalarni moliyalashtirish hamda chorvachilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish topshirildi.