Bosh sahifa
MB kurslari27.11.2026
USD12 002,10+14,21EUR13 166,30+51,55RUB146,02+0,61
so‘m / 1
Bozorlar

Yevropa yozda oʻzi haydagan gazning 10 foizini allaqachon oldi

YI gaz omborlari 70,5 foizga toʻldirilgan — besh yillik oʻrtacha koʻrsatkich 89 foiz

17-noyabr, 13:39По-русски

Read in English

oilprice.com

Yevropa Ittifoqi gaz omborlarini 90 foizgacha toʻldirishni maqsad qilgan, biroq joriy gaz haydash mavsumi murakkab kechdi. Eron bilan urush Qatardan gaz eksportini deyarli toʻxtatdi. Shundan soʻng operatorlar suyultirilgan tabiiy gazning spot partiyalari uchun osiyolik xaridorlar bilan raqobatlashishiga va taʼminot uchun odatdagidan koʻproq haq toʻlashiga toʻgʻri keldi.

Yevropa omborlaridan gazni sof chiqarib olish oktabr oʻrtalarida boshlandi, noyabr boshida tezlashdi, soʻnggi bir hafta davomida esa sekinlashdi. Shunga qaramay, YI omborlaridagi gaz hajmi bu davr uchun odatiy darajadan ancha past boʻlib qolmoqda: besh yillik oʻrtacha koʻrsatkich 89 foizni tashkil etadi.

Zaxiralarning kamligi Germaniyada allaqachon ogohlantirishga sabab boʻldi. Gaz omborlari operatorlari assotsiatsiyasi INES mamlakat qish oʻta sovuq kelgan taqdirda gaz bilan toʻliq taʼminlanmasligi mumkinligini bildirdi. Tashkilot qishki davrga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha strategik choralarni zudlik bilan kuchaytirishga chaqirdi.