Tramp Nvidia chiplarini Xitoyga sotishni davom ettirmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan savdo qilgani uchun tanqid qilingan savdo vaziri Xovard Latnikni qoʻllab-quvvatladi

5-noyabr kuni Oval kabinetda boʻlib oʻtgan uchrashuvda moliya vaziri Skott Bessent Latnikdan Megaspeed nega cheklovlar roʻyxatiga tezroq kiritilmaganini soʻradi. Ikki manbaga koʻra, vazir buni Trampning qaroriga binoan amalga oshirishini aytdi.
Biroq prezident boshqa yoʻlni tanladi: Latnik Xitoydagi sunʼiy intellekt laboratoriyalari Janubi-Sharqiy Osiyodagi maʼlumotlar markazlarida ilgʻor chiplar asosidagi hisoblash quvvatlarini masofadan ijaraga ololmasligi uchun vaqtinchalik savdo qoidasini ishlab chiqishi kerak. Oq uyga koʻra, bu chora kontrabandaga chek qoʻyishi va amerikalik ishlab chiquvchilarga ustuvorlik berilishini taʼminlashi kerak. Mansabdor shaxsning qoʻshimcha qilishicha, Nvidia Blackwell va Rubin chiplarining Xitoy kompaniyalari qoʻliga tushmasligi kerak, Megaspeed esa avvalgi avlodga mansub H200 chiplarini xarid qilgan.
Chiplar Kaliforniyada joylashgan Inspur shoʻba kompaniyasi Aivres orqali yetkazilgan. U Megaspeed tuzilmalariga milliardlab dollarlik mahsulotlarni topshirgan. Megaspeed serverlarini Malayziya va Indoneziyadagi maʼlumotlar markazlariga joylashtirgan, hisoblash quvvatlarini esa yirik Xitoy kompaniyalariga ijaraga bergan. Aivres vakili kompaniya AQShning eksport cheklovlariga rioya qilishini bildirdi.



