Bitcoin narxi ikki yildagi eng past darajaga tushdi
21 noyabr kuni Bitcoin 2024-yil oktabridan beri ilk bor 55 ming dollargacha tushdi. Maʼlumotlarga koʻra, bu ikki yildan ortiq davrdagi eng past koʻrsatkichdir.
21-noyabr, 15:26По-русски

Ertalab kriptovalyuta narxi 55 637 dollargacha pasaydi. Kunlik minimum 55 130 dollar, maksimum esa 59 248 dollarni tashkil etdi.
Soʻnggi haftalarda bozorga bir nechta salbiy omil bosim oʻtkazdi. Oktabr oxirida eng yirik kriptobirja Binance xakerlik hujumiga uchradi. AQShdagi oraliq saylovlarda demokratlarning gʻalabasi ham kriptoindustriyaning tartibga solishni yumshatish borasidagi saʼy-harakatlari qoʻllab-quvvatlovsiz qolishi mumkin, degan xavotirlarni kuchaytirdi.



