Apple iPadʼda macOSʼni sinab, 19 yoki 20 dyuymli buklama planshet tayyorlamoqda
Apple eksperti Mark Gurman kompaniya iPadʼda macOSʼni sinayotganini va 19 yoki 20 dyuymli buklama planshet ustidagi ishni davom ettirayotganini aytdi. Loyiha yopilishi mumkin.

Apple iPadʼda macOSʼni ichki sinovdan oʻtkazmoqda, deb xabar berdi Gurman. Biroq uning baholashicha, yaqin vaqt ichida planshetlarda toʻliq macOSʼdan ommaviy foydalanish imkoni paydo boʻlmaydi: kompaniya tizimni bunday ssenariyga moslashtirmayapti. Apple platformalarni birlashtirish oʻrniga, ehtimol iPadʼning ayrim funksiyalarini Mac imkoniyatlariga yaqinlashtirishda davom etadi.
19 yoki 20 dyuymli displeyga ega buklama iPad ustidagi ishlar ham davom etmoqda, biroq qurilmaning chiqarilishi kafolatlanmagan. Muddatlar 2027–2028-yillardan 2029-yilga surildi. Tannarx va yaroqli qurilmalar chiqishi bilan bogʻliq muammolar loyiha yopilishiga olib kelishi mumkin. Planshet baribir chiqarilsa, uning narxi kutilayotganiga koʻra, $3000 dan $5000 gacha boʻladi.
Tajribalar iPad va Macʼdagi Apple Siliconʼning umumiy arxitekturasi tufayli mumkin boʻldi. Shu bilan birga, iPadOS 16 chiqishi bilan paydo boʻlgan iPadOS oynali interfeysi hanuz macOSʼga nisbatan ancha noqulayroq koʻrinadi.
Yana oʻqing

Bu ixcham elektr krossover endi uyni ham, elektr tarmogʻini ham energiya bilan taʼminlay oladi
Texnologiyalar13:41
Yevropadagi eng yirik dasturiy taʼminot kompaniyasi SAP sunʼiy intellekt sabab 10 ming kishini qisqartirishi mumkin
Texnologiyalar13:17
