Portfel sinovi: aksiyalar va obligatsiyalarga kiritilgan $1 mln yigirma yilda $4,5 mlnga aylandi
Amaldagi 60/40 portfel hisob-kitobiga koʻra, yigirma yil ichida $1 mln $4 542 092 ga yetgan. Mablagʻ faqat aksiyalarga kiritilganda esa $7 494 750 boʻlardi, biroq bunday strategiyada pasayishlar kuchliroq kechgan.

Hisob-kitobda S&P 500 indeksiga asoslangan SPY fondi va obligatsiyalarga investitsiya qiluvchi AGG fondidan foydalanildi. Dividendlar qayta investitsiya qilindi, aktivlar ulushi esa yiliga bir marta dastlabki nisbatga qaytarildi. Modelda soliqlar va savdo xarajatlari hisobga olinmadi.
Aralash portfel yakuniy summa boʻyicha aksiyalardan ortda qoldi, biroq beshta yirik pasayish davrining barchasida yumshoqroq tushdi. Koʻp hollarda u tezroq tiklandi. Obligatsiyalar qismi, ayniqsa, 2008-yildagi qulash paytida yordam berdi: u aksiyalar narxining pasayishini yumshatdi. Biroq keyingi davrlardan birida foiz stavkalarining tez oshishi fonida aksiyalar ham, obligatsiyalar ham bir vaqtda arzonlashdi. Shu sabab portfelning ustunligi kichik boʻldi.
Barqarorroq dinamikaning oʻz narxi bor edi: faqat aksiyalar ulushidan iborat portfel koʻproq daromad keltirgan boʻlardi. Yillik qayta muvozanatlashdan voz kechilganda, yakuniy qiymat yuqoriroq, eng katta pasayish esa kichikroq boʻlardi, biroq investitsiyalar tarkibi tanlangan nisbatdan koʻproq ogʻishardi. Tahlil mualliflari asosiy natija bir strategiyaning boshqasidan ustunligi emas, balki kapital oʻsishi bilan pasayish xavfining kamayishi oʻrtasidagi farq, deb hisoblaydi.
Yana oʻqing

Anthropic S&P 500 indeksiga kiradimi? Investorlar nimalarni bilishi kerak
Investitsiyalar11:28
Amerika aksiyalari AI, inflyatsiya va tariflar fonida qisman tiklandi
Investitsiyalar09:39
