SI mavjud boʻlmagan YHQ bandini oʻylab topishi mumkin: neyron tarmoq yordamida imtihonga qanday tayyorlanish kerak
Runetdagi tahliliy nashr bosh muharriri Vladimir Zykov ogohlantirdi: SI xato qilishi, turli mamlakatlar qoidalarini aralashtirib yuborishi va mavjud boʻlmagan yoʻl harakati qoidalari bandlariga havola qilishi mumkin.

Zykovning fikricha, yoʻl harakati qoidalari boʻyicha imtihonga tayyorlanishda neyron tarmoqqa toʻliq tayanib boʻlmaydi. SI notoʻgʻri javobni ishonarli tarzda tushuntirib berishi mumkin, natijada oʻquvchi xatoni yodlab olib, uni amaldagi qoida deb qabul qiladi.
Buning sabablaridan biri — turli mamlakatlardagi yoʻl harakati qoidalarining oʻxshashligi bilan birga, ular oʻrtasida muhim farqlar ham borligidir. AQShning ayrim shtatlarida toʻliq toʻxtagandan keyin, agar bunday manyovr alohida taqiqlanmagan boʻlsa, qizil chiroqda oʻngga burilishga ruxsat beriladi. Oʻzbekistonda esa ruxsat beruvchi signal boʻlmasa, bunday burilish taqiqlangan. Xorijiy materiallar asosida oʻqitilgan neyron tarmoqdan faqat Rossiya yoʻl harakati qoidalaridan foydalanishni soʻragandan keyin ham u turli davlatlar meʼyorlarini chalkashtirib yuborishi mumkin.
Bundan tashqari, qoidalar vaqti-vaqti bilan yangilanadi, SI esa eskirgan maʼlumotlarga tayanishi mumkin. Neyron tarmoq qoidalarda mavjud boʻlmagan bandni ham oʻylab topishi, amaldagi meʼyorni xato bayon qilishi yoki mavjud boʻlmagan bandning aniq raqamini aytishi mumkin. Bu javob goʻyo rasmiy hujjat bilan tasdiqlangandek taassurot uygʻotadi.
Mutaxassis tayyorgarlik uchun amaldagi imtihon biletlaridan foydalanishni tavsiya qiladi. Uning soʻzlariga koʻra, neyron tarmoq qoʻshimcha vosita boʻlishi mumkin: undan murakkab savolni sodda soʻzlar bilan tushuntirishni, vaziyatni tahlil qilishni yoki misollar keltirishni soʻrash mumkin.
Yana oʻqing

Bu ixcham elektr krossover endi uyni ham, elektr tarmogʻini ham energiya bilan taʼminlay oladi
Texnologiyalar13:41
Yevropadagi eng yirik dasturiy taʼminot kompaniyasi SAP sunʼiy intellekt sabab 10 ming kishini qisqartirishi mumkin
Texnologiyalar13:17
