Financial Times Yevropa Markaziy bankining boʻlajak prezidenti nomini aytdi
Financial Times Ispaniya Markaziy bankining sobiq rahbari Pablo Ernandes de Kosni Yevropa Markaziy bankining navbatdagi prezidenti deb atadi. Yakuniy qarorni Yevropa yetakchilari qabul qilishi kerak.

Hozirda de Kos Xalqaro hisob-kitoblar bankiga rahbarlik qilmoqda. Uning nomzodini sobiq Niderlandiya Markaziy banki rahbari Klaas Knot bilan birga Ispaniya va Niderlandiya hukumatlari ilgari surdi.
Yevropa Markaziy bankining amaldagi prezidenti Kristin Lagard lavozimini muddatidan oldin 2027-yil 7-fevralda tark etishini maʼlum qildi. U bankni 2019-yildan beri boshqarib kelmoqda.
Nomzodlarni Yevro guruhi 9-noyabrda koʻrib chiqishi kerak edi. Ularni rasman shu organ muhokama qiladi, biroq yakuniy qaror Yevropa yetakchilariga tegishli. 9-noyabrdan keyin Yevropa Ittifoqining norasmiy sammiti 13-noyabrda boʻlib oʻtdi, navbatdagi uchrashuv esa 26–27-noyabrga rejalashtirilgan.



