Nvidianing startaplardagi ulushlari $65,5 mlrdga yetdi, Huang ketganidan keyingi bitimlar taqdiri noaniq
Investorlar kompaniya startaplarga avvalgidek katta miqyosda sarmoya kiritishda davom etishiga ishonch hosil qilmagan

Nvidianing xususiy kompaniyalardagi ulushlari qiymati yanvardagi $22 mlrdga nisbatan $65,5 mlrdga yetdi. Kompaniya maʼlum qilishicha, oʻsish yangi sarmoyalar hamda mavjud aktivlarning qayta baholanishi bilan bogʻliq.
Nvidia soʻnggi chorakda ulushlarni sotib olish uchun $16 mlrd, moliya yilining toʻqqiz oyida esa $58 mlrd yoʻnaltirdi. Bu summalarga ommaviy va xususiy kompaniyalarga kiritilgan sarmoyalar kiradi. PitchBook maʼlumotlariga koʻra, Nvidia qariyb uch yil ichida Anthropic, OpenAI, Lambda, Nscale va Crusoe kabi kompaniyalar qatoridagi taxminan 350 ta startapga sarmoya kiritgan.
Nvidianing CEO va moliya direktori vazifasini bajaruvchi Colette Kress kompaniya moliyalashtirish orqali kuchli mijozlarni qoʻllab-quvvatlashda davom etishini, biroq yangi kapital manbalari paydo boʻlishi bilan kelajakdagi sarmoyalar, majburiyatlar va kafolatlarni yanada qatʼiyroq baholashini aytdi. TechCrunch soʻroviga javob bergan investorlar undan ehtiyotkorroq yondashuvni — yangi bitimlar sonini kamaytirish va portfeldagi kompaniyalarga ajratiladigan mablagʻlarni kichikroq qilishni kutmoqda. Doimiy CEO davrida bunday siyosat saqlanib qoladimi — hozircha nomaʼlum.
Yana oʻqing

Anthropic S&P 500 indeksiga kiradimi? Investorlar nimalarni bilishi kerak
Investitsiyalar11:28
Amerika aksiyalari AI, inflyatsiya va tariflar fonida qisman tiklandi
Investitsiyalar09:39
