Bosh sahifa
MB kurslari27.11.2026
USD12 002,10+14,21EUR13 166,30+51,55RUB146,02+0,61
so‘m / 1
Biznes

Amazon Decart texnologiyalarini $7,5 mlrdga sotib olishga kelishdi

Amazon Decartʼning AI optimizatsiyasi texnologiyalarini sotib olish va uning asoschilari hamda jamoasini jalb etish boʻyicha kelishuv imzoladi. Bitim regulyatorlar roziligini talab qiladi.

25-noyabr, 10:38По-русски

Read in English

techcrunch.com

Amerikaning Amazon kompaniyasi Decart Optimization Stack (DOS) texnologiyasini sotib oladi. U AI modellarini Amazon, Nvidia va Google uskunalarida samaraliroq ishga tushirishga yordam beradi. Bloomberg maʼlumotiga koʻra, bitim summasi $7,5 mlrdni tashkil etadi.

Decart hammuassislari Din Leytersdorf, Moshe Shalev va Orian Leytersdorf, shuningdek, kompaniya tadqiqotchilari hamda muhandislari ham Amazon tarkibiga oʻtadi. Tomonlar 2025 yilda hamkorlikni boshlagan: Decart jamoasi dasturiy va apparat taʼminotini birlashtiruvchi yondashuvdan foydalanib, Trainium chiplarining ishlash samaradorligini optimallashtirishga yordam bergan.

Amazonning bildirishicha, texnologiya AI modellarini oʻqitish va ishga tushirishni tezlashtirishga, shuningdek, mijozlar xarajatlarini kamaytirishga yordam berishi kerak. Kompaniya Trainium chiplarini Nvidia yechimlariga muqobil sifatida buyurtmachilarga taklif qilishga tayyorlanmoqda. Bitimning yakunlanishi standart shartlar bajarilishiga, jumladan, regulyatorlar ruxsatini olishga bogʻliq.