Instagram Amazonʼning hamkorlik havolalarini Reels va postlarga joylamoqda
AQShdagi mualliflar va kompaniyalar ushbu havolalar orqali amalga oshirilgan xaridlardan komissiya olishi mumkin

Havolalar AQShda joylashgan, voyaga yetgan foydalanuvchilarga tegishli va 1 000 dan ortiq obunachiga ega professional akkauntlardan foydalanuvchi mualliflar va kompaniyalar uchun mavjud boʻladi. Bitta rolikka 30 tagacha, lentadagi oddiy postga esa 20 tagacha havola qoʻshish mumkin.
Hamkorlik havolasi orqali xarid amalga oshirilsa, muallif komissiya oladi. Meta keltirgan misolda muallif lablar uchun rang beruvchi vosiyani tavsiya qiluvchi Reels videosini joylaydi. Muallif nomi ustida Amazon mahsulotining kartochkasi paydo boʻladi: foydalanuvchi uni bosgach, narxni Instagram ichida koʻradi, soʻng buyurtma berish uchun Amazon ilovasi yoki saytiga oʻtadi.
Instagram vakili Megan Bakli kompaniya reklama postlari soni keskin oshishini kutmayotganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, tavsiyalar hamon foydalanuvchilarning qiziqishlari va kontentning taxminiy qiymati hisobga olingan holda shakllantiriladi. Yangi funksiya faqat mualliflar tavsiya qilayotgan mahsulotlarni xarid qilishni osonlashtirishi kerak.
Avvalroq ijodkorlar odatda auditoriyani profildagi havola orqali yoʻnaltirardi. Instagram dastlab u yerga bitta tashqi havolani joylashtirishga ruxsat bergan, 2023-yilda esa limitni beshtagacha oshirgan. Yangi funksiya tavsiyalarni Linktree kabi havolalar jamlangan sahifalarni chetlab oʻtgan holda bevosita Reels va postlarga olib kiradi.
TikTokʼdan farqli oʻlaroq, Instagram hozircha bunday havolalar orqali amalga oshirilgan savdolardan ulush ushlab qolishni rejalashtirmayapti. Shu bilan birga, kontentning oʻzida xarid qilish imkoniyati lentadagi tijoriy tavsiyalar sonini oshirishi mumkin, biroq platforma ularning keskin koʻpayishini kutmayapti.
Yana oʻqing

Bu ixcham elektr krossover endi uyni ham, elektr tarmogʻini ham energiya bilan taʼminlay oladi
Texnologiyalar13:41
Yevropadagi eng yirik dasturiy taʼminot kompaniyasi SAP sunʼiy intellekt sabab 10 ming kishini qisqartirishi mumkin
Texnologiyalar13:17
