Bosh sahifa
MB kurslari27.11.2026
USD12 002,10+14,21EUR13 166,30+51,55RUB146,02+0,61
so‘m / 1
Bozorlar

Deutsche Bank aksiyalari Epsteinga qilingan toʻlovlar va Trampning soliqlari haqidagi maʼlumotlar sizdirilgach, tushib ketdi

Jeffrey Epsteinga qilingan shubhali toʻlovlar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan qariyb 15 mln fayl oshkor qilindi

18-noyabr, 09:07По-русски

Read in English

cnbc.com

Frankfurtda savdolar boshlanishida bank aksiyalari 4,7 foizga arzonlashdi. Sizdirilgan maʼlumotlar Deutsche Bank faoliyatining yigirma yilini qamrab olgan direktorlar kengashi yigʻilishlari bayonnomalari, elektron xatlar va ichki tekshiruv materiallarini oʻz ichiga oladi.

Financial Times maʼlumotlariga koʻra, bank Jeffrey Epstein bilan bogʻliq umumiy qiymati $582 mln boʻlgan shubhali toʻlovlarni qayta ishlagan. Bunday operatsiyalarning oʻzi ularning har biri noqonuniy boʻlganini isbotlamaydi. 2017-yil mart oyida Deutsche Bank Donald Trampning soliq maʼlumotlarini ham tasodifan oshkor qilgan; oʻsha paytdagi xususiy bank xizmatlari rahbari Christian Sewing bu hodisani «dahshatli xato» deb atagan.

200 dan ortiq jurnalistni birlashtirgan xalqaro konsorsium tekshiruvida bank investitsiya boʻlinmasining 2018-yil boshigacha xizmat koʻrsatishdan chiqarilishi rejalashtirilgan qariyb 28 000 nafar muammoli mijoziga xizmat koʻrsatishni toʻxtatmagani aytiladi. Materiallarda, shuningdek, oligarxlar bilan aloqalar va tergovchilar Rossiya pullarini yuvish xavflari bilan bogʻlayotgan operatsiyalar tasvirlangan.

Deutsche Bank bu masalalar oʻtgan yillarga taalluqli ekanini maʼlum qildi. Bank 2019–2025-yillarda «fundamental transformatsiya» va xatarlarni nazorat qilish tizimlariga €7 mlrd sarmoya kiritilgani haqida xabar berdi.