Bosh sahifa
MB kurslari27.11.2026
USD12 002,10+14,21EUR13 166,30+51,55RUB146,02+0,61
so‘m / 1
Biznes

Tesla Berlindagi Gigafactoryda Cybercab uchun €3 mlrd sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

Yangi bino 2029-yildan boshlab yiliga 1 mln tagacha Cybercab ishlab chiqarishi kerak

17-noyabr, 11:36По-русски

Read in English

aa.com.tr

Tesla Berlin yaqinidagi Gryunhayde shahrida joylashgan Gigafactoryʼni kengaytirishga €3 mlrd yoʻnaltiradi. Bu kompaniyaning Yevropadagi avtomobil ishlab chiqaradigan yagona korxonasi hisoblanadi. Sarmoya hozirgi asosiy binodan taxminan ikki baravar katta boʻladigan yangi ishlab chiqarish korpusi va qoʻshimcha infratuzilma, jumladan, oqova suvlarni tozalash inshootlarini qurishga sarflanadi.

Kompaniya qurilishga ruxsat olish uchun arizani 2026-yil oxirigacha topshirishni rejalashtirmoqda. Ishlar 2027-yilning birinchi yarmida boshlanishi, Cybercab ishlab chiqarishi esa 2029-yilda yoʻlga qoʻyilishi kerak. Yangi korpus toʻliq quvvatga chiqqach, yiliga 1 mln tagacha avtomobil ishlab chiqarishi mumkin boʻladi. Shu bilan birga, zavod Model Y ishlab chiqarishni davom ettiradi.

Tesla qurilish ishlari va ishlab chiqarishni rejalashtirish uchun allaqachon bir necha yuz xodimni ishga qabul qilmoqda. Avtomobil ishlab chiqarishini kengaytirish kompaniyaning ushbu maydondagi ikkinchi yirik loyihasiga aylanadi. Avvalroq Tesla akkumulyator elementlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishini eʼlon qilgan edi: korxona elektrodlarni keyingi qayta ishlash uchun AQShga yuborish oʻrniga 4680 formatidagi elementlarni shu yerning oʻzida yigʻishga oʻtishi kerak.

Kompaniya rejalariga koʻra, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Gryunhaydeda akkumulyator elementlaridan tortib tayyor avtomobillargacha boʻlgan toʻliq siklni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi. Loyiha Teslaʼning avtonom avtomobillar va robotaksilarni rivojlantirish yoʻnalishi bilan bogʻliq boʻlib, Yevropada Cybercab ishlab chiqarish quvvatlarini ham oshirishi kerak.