Bosh sahifa
MB kurslari27.11.2026
USD12 002,10+14,21EUR13 166,30+51,55RUB146,02+0,61
so‘m / 1
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va Iordaniya investitsiya loyihalari hamda savdo kelishuvlari portfelini shakllantirdi

Muzokaralarni Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamda Iordaniya sanoat, savdo va taʼminot vaziri Yarub Qudah oʻtkazdi.

23-noyabr, 13:59По-русски

Read in English

petra.gov.jo

Tomonlar oʻzaro savdoni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish hamda geologiya, kimyo va togʻ-kon sanoati, energetika, toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi va farmatsevtika sohalarida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitimni tayyorlash masalasi ham alohida koʻrib chiqildi. Ishtirokchilar, shuningdek, har ikki mamlakatda qoʻshma ishlab chiqarishlarni yoʻlga qoʻyish, texnologiyalarni joriy etish, eksport yetkazib berish hajmini oshirish va transport-logistika infratuzilmasini, jumladan, logistika quvvatlari hamda yuk havo tashuvlarini rivojlantirishga eʼtibor qaratishga kelishib oldi. 23–24 noyabr kunlari Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaga davlat tashrifi bilan boradi.