OpenAIʼning sobiq tadqiqotchisi ulushidan tushadigan daromadni AI xavfsizligiga yoʻnaltiradi
OpenAIʼning sobiq tadqiqotchisi Jeykob Kokson kompaniyadagi ulushini sotishini, undan tushadigan mablagʻni esa AI xavfsizligi loyihalariga yoʻnaltirishini maʼlum qildi.

Kokson OpenAIʼda 2023-yildan 2026-yilgacha ishladi, keyin Anthropicʼga oʻtdi va yaqinda u yerdan ketdi. Endi u oʻta aqlli AIʼni ishlab chiqishni vaqtincha toʻxtatib turish yoki keskin sekinlashtirish tarafdori. Uning fikricha, qolgan choralar chalgʻituvchi hisoblanadi.
Ulushini sotish Koksonni OpenAI birjaga chiqqanidan keyin qoʻlga kiritishi mumkin boʻlgan millionlab dollarlik potensial foydadan mahrum qilishi mumkin. Kompaniya bosh direktori Sem Altman avvalroq bunday joylashtirish yaqinlashayotganini aytgandi.
Sentabr oyida Kokson OpenAI va Anthropic insonlar hayotini xavf ostiga qoʻyayotganidan ogohlantirgan. Shuningdek, u rekursiv oʻz-oʻzini takomillashtirishga cheklovlar qoʻyilishini talab qilmoqda — bu modellar oʻzini oʻzi oʻqitadigan jarayondir. Stenforddagi chiqishida Kokson oʻz ulushini «qonli pul» deb atagan, ammo oʻshanda undan voz kechishga tayyor emas edi.
Yana oʻqing

Bu ixcham elektr krossover endi uyni ham, elektr tarmogʻini ham energiya bilan taʼminlay oladi
Texnologiyalar13:41
Yevropadagi eng yirik dasturiy taʼminot kompaniyasi SAP sunʼiy intellekt sabab 10 ming kishini qisqartirishi mumkin
Texnologiyalar13:17
