Katta IPOdan soʻng Anthropicning vazifasi — Claude Codedan kattaroq tijoriy muvaffaqiyat izlash
IPOdan soʻng Anthropic $81 mlrd jalb qildi, aksiyalarni parallel sotishdan yana $26 mlrd oldi. Endi kompaniya dasturlashdan tashqarida yangi tijoriy xit izlamoqda.

Ilk savdo kuni oxirida Claude ishlab chiquvchisi $1,7 trln baholandi. Bosh direktor Dario Amodei mablagʻni sunʼiy intellektga yoʻnaltirmoqchi, ammo kompaniya keyingi oʻsish imkonini investorlarga isbotlashi kerak.
Claude Code dasturlarni mustaqil oʻqiydi, tahrirlaydi va ishga tushiradi. U Anthropicʼga milliardlab dollar keltirmoqda, biroq soʻnggi hisobot choragida daromad oʻsishi raqobat, hisoblash quvvati tanqisligi va texnologiyani yirik kompaniyalarga tarqatish qiyinligi sabab sekinlashdi.
IPO prospektida kiberxavfsizlik yaqin istiqboldagi eng muhim imkoniyatlardan biri deb ataldi. Boshqa yoʻnalishlar: biologiya, farmatsevtika, robototexnika, ishlab chiqarish, fizika va materialshunoslik. Amodei ularning Claude Code muvaffaqiyatini takrorlashi nomaʼlumligini tan oldi.
Anthropic hisoblash infratuzilmasiga qariyb $900 mlrd yoʻnaltirdi; xarajatlarning taxminan yarmi 2030 yilgacha boʻlgan davrga toʻgʻri kelishi kerak. Amodei buni kompaniyaning asosiy biznes dilemmasi dedi. SK Ventures investori Pol Kedroski Claude Code koʻlamidagi yangi mahsulotni kutmaydi va daromad oʻsishi sekinlashishini prognoz qilmoqda.


