Bosh sahifa
MB kurslari27.11.2026
USD12 002,10+14,21EUR13 166,30+51,55RUB146,02+0,61
so‘m / 1
Investitsiyalar

Ford aksiyalari bu yil 12 foizga arzonladi, Tesla aksiyalari esa 13 foizga tushdi

Taqqoslash uchun, S&P 500 indeksi 4 foizga oʻsdi

24-noyabr, 10:30По-русски

Read in English

247wallst.com

Ford kompaniyasining oktabrgacha boʻlgan davrdagi savdolari 7,9 foizga kamayib, 1 690 402 ta avtomobilni tashkil etdi. Ushbu natija tarkibida toʻliq oʻlchamli F-Series pikaplari savdosi 634 990 ta avtomobilni tashkil etib, 7,8 foizga kamaydi. Yetkazib berishdagi cheklovlar natijaga qisman taʼsir koʻrsatdi. Explorer SUV avtomobillari savdosi 19,3 foizga oshib, 213 095 ta avtomobilga yetdi.

Tesla AQSh boʻyicha alohida maʼlumotlarni oshkor qilmaydi. GoodCar/Bad Car kompaniyaning dastlabki 10 oydagi savdosini 369 300 ta avtomobil deb baholamoqda; bu yil yakunida koʻrsatkich oʻtgan yilgidan biroz past boʻlishi mumkinligini anglatadi. Teslaning AQSh elektromobillar bozoridagi ulushi taxminan 5 foiz deb baholanmoqda.

Ford savdosiga xitoylik elektromobillar AQShda sotilmasligiga sabab boʻlayotgan yuqori federal tariflar ham taʼsir koʻrsatmoqda. Ford va GM bunday avtomobillar uchun bozorni ochish ular uchun halokatli boʻlishini aytib, oʻz elektromobillarini rivojlantirish uchun vaqt olishni istamoqda.