Amazon sunʼiy intellekt uchun qariyb 220 mlrd dollar miqdorida rekord kapital xarajatlarni kutmoqda
Amazon bu yil, asosan, AWS va sunʼiy intellekt infratuzilmasiga qariyb 220 mlrd dollar miqdorida rekord kapital xarajatlar qilishni kutmoqda. AWS moliya direktori Jon Felton bunday investitsiyalar qanday amalga oshirilishini tushuntirdi.

Kompaniya yer maydonlari, elektr taʼminoti quvvatlari va ruxsatnomalarni oldindan band qiladi: ularni qoʻlga kiritish yillar talab qilishi mumkin. AWS serverlar va boshqa uskunalarni keyinroq — mijozlar talab hamda oʻz majburiyatlarini tasdiqlaganidan soʻng xarid qiladi. Bunday yondashuv qarorlarni aniqroq maʼlumotlar asosida qabul qilish va rejalarni oʻzgartirish imkonini saqlab qolishga yordam beradi.
Feltonning fikricha, sunʼiy intellekt sohasida ortda qolish xavfi ortiqcha xarajat qilish xavfidan yuqori. Shu sababli AWS tez harakat qilishga intilmoqda. Shu bilan birga, investitsiyalar mijozlar talabiga bogʻlangan: uzoq muddatli majburiyatlar qurilish koʻlamini belgilaydi, serverlar esa ishga tushirishdan bir necha oy oldin xarid qilinadi.
2026 yilning uchinchi choragi holatiga koʻra, AWS buyurtmalar portfeli 578 mlrd dollarga yetdi va uch xonali surʼatlarda oʻsmoqda. Kompaniya investitsiyalar samaradorligini tushum va marja dinamikasi orqali ham baholaydi: AWS oʻsish surʼatini ketma-ket olti chorak davomida tezlashtirdi, soʻnggi surʼat esa 39.3 foizni tashkil etdi.
Pandemiya davrida Amazon logistika tarmogʻini kengaytirish tajribasi kompaniyaga yetarli talab boʻlmagan sharoitda qurilish olib borish xavflarini koʻrsatdi. Shundan soʻng tarmoq hududlarga boʻlindi, bu esa xizmat koʻrsatish xarajatlarini kamaytirib, yetkazib berishni tezlashtirdi. AWS kompaniyasida sunʼiy intellektga kiritilayotgan investitsiyalar bir vaqtning oʻzida mijozlarning hisoblash resurslari va maʼlumotlarni saqlash xizmatlaridan foydalanishini oshiradi, deb hisoblanmoqda.
Yana oʻqing

Bu ixcham elektr krossover endi uyni ham, elektr tarmogʻini ham energiya bilan taʼminlay oladi
Texnologiyalar13:41
Yevropadagi eng yirik dasturiy taʼminot kompaniyasi SAP sunʼiy intellekt sabab 10 ming kishini qisqartirishi mumkin
Texnologiyalar13:17
